To‘r parda pigment degeneratsiyasi

To‘r parda pigment degeneratsiyasi

Bemor ma’lumotlari va shikoyatlari:

  • Shikoyati: Qorong‘ida xira ko‘rish (niktalopiya).
  • Anamnez: Holat 2-3 yildan beri sekin asta kuchayib bormoqda.
  • Ko‘rish o‘tkirligi: OD = 0,04; OS = 0,05 (korreksiya yordam bermadi).
  • Ko‘ruv maydoni: Konsentrik torayish (trubkasimon ko‘rish).

Ko‘z tubi tekshiruvi:

  • KND: Dumaloq, sarig‘ish-oqish rangda (voskovidnaya atrofiya), chegaralari aniq.
  • Tomirlar: Arteriyalar keskin toraygan.
  • Periferiya: "Suyak tanachalari" ko‘rinishidagi xos pigmentatsiyalar mavjud.

Tashxis qo‘ying, sizning taktikangiz va davolash muolajalarini aniqlang.

Tahlil va davolash taktikasi:

  1. Dastlabki tashxis: To‘r parda pigment abiotrofiyasi (Tapetoretinal degeneratsiya).
  2. Taktika: Elektroretinografiya (ERG) tekshiruvi, genetik maslahat.
  3. Davolash:
    • To‘r parda trofikasini yaxshilovchi vositalar (peptid bioregulyatorlar).
    • Vitamin A va Ye komplekslari.
    • Qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar.

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q