Qutirish kasalligining epidemiologiyasi va profilaktikasi

KEYS-STADI

Tema: Qutirish kasalligining epidemiologiyasi va profilaktikasibeshenstva

1. Vaziyat tavsifi (klinik holat)

Tuman shifoxonasining qabul bo‘limiga qishloq hududida yashovchi 35 yoshli erkak murojaat qildi. Uch hafta avval uni qarovsiz it tishlagan. Tishlangan joyni faqat suv bilan yuvgan, ammo tibbiy yordamga murojaat qilmagan. 20 kundan so‘ng bemorda bezovtalik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining 38 °C gacha ko‘tarilishi, yutishda qiyinchilik, suv va yorug‘likdan qo‘rqish belgilari paydo bo‘lgan.

Epidemiologik anamnezga ko‘ra, ushbu hududda ilgari hayvonlar orasida quturish kasalligi qayd etilgan.

2. Epidemiologiktaxlil

  • Infeksiya manbai: kasallangan yoki infeksiyalangan hayvon (it)
  • Yuqish mexanizmi: kontakt
  • Yuqish yo‘li: tishlash va shikastlangan teri orqali
  • Inkubatsiya davri: 10 kundan 3 oygacha
  • Xavf omillari: o‘z vaqtida profilaktika o‘tkazilmaganligi

3. Tashxis

Klinik belgilar va epidemiologik anamnez asosida dastlabki tashxis qo‘yildi:
Quturish kasalligi (gidrofobiya bosqichi)

4. Profilaktikasi

Individual profilaktika:

  • Jarohatni darhol sovun bilan kamida 15 daqiqa yuvish
  • Shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish
  • Quturishga qarshi emlash
  • Og‘ir tishlashlarda immunoglobulin yuborish

Jamoat profilaktikasi:

  • Uy hayvonlarini emlash
  • Qarovsiz hayvonlar sonini nazorat qilish
  • Aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlar
  • Epidemiologik nazorat

5.  Muhokama uchun savollar

  1. Nima uchun hayvon tishlaganidan so‘ng darhol postkontakt profilaktikani o‘tkazish muhim?
  2. Qaysi choralar bemorda kasallik rivojlanishining oldini olishi mumkin edi?
  3. Quturish kasalligini oldini olishda tibbiyot xodimlarining o‘rni qanday?

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q