Androgen alopetsiya bo‘yicha klinik keys

1. Bemor haqida umumiy ma’lumot

  • F.I.O.: A.A.
  • Yoshi: 28 yosh
  • Jinsi: Erkak
  • Kasbi: IT mutaxassis
  • Murojaat sanasi: 21.02.2026

2.Kasal shikoyatlari (Chief complaints)

  • Peshona sohasida sochlar siyraklashishi (2 yildan buyon)
  • Tepa qismida soch hajmining kamayishi
  • Soch to‘kilishi (kuniga taxminan 80–120 dona)
  • Sochlar ingichkalashib, rangi ochlashgan
  • Kosmetik noqulaylik va psixologik diskomfort

3. Kasallik anamnezi (Anamnesis morbi)

Bemor so‘zlariga ko‘ra, dastlab 26 yoshida peshona chegarasi orqaga surilishini sezgan. Jarayon asta-sekin progressiya qilgan. Oxirgi 6 oyda vertex sohada soch siyraklashishi yaqqollashgan.

Davolanish tarixi:

  • Minoksidil 5% (6 oy noto‘g‘ri va tizimsiz qo‘llangan)
  • Vitamin komplekslari (samarasiz)

Simptomlar og‘riqsiz, qichishish va yallig‘lanishsiz kechgan.

4. Hayot tarixi (Anamnesis vitae)

  • Tug‘ma va bolalikdagi kasalliklar: yo‘q
  • Somatik kasalliklar: yo‘q
  • Endokrin kasalliklar: inkor qiladi
  • Oilaviy anamnez: otasida 30 yoshdan boshlangan soch to‘kilishi
  • Allergik anamnez: yo‘q
  • Zararli odatlar: chekmaydi
  • Ovqatlanish: muvozanatli
  • Stress faktorlar: ish stresslari mavjud

5. Ob’ektiv ko‘rik (Status localis)

Teri holati:

  • Toza, yallig‘lanishsiz
  • Qichishish va giperemiya yo‘q

Soch qoplami:

  • Peshona-temporal sohada soch chegarasi orqaga siljigan
  • Vertex sohada diffuz siyraklashish
  • Sochlar ingichkalashgan (vellus-sifatli)
  • Terminal sochlar diametri kamaygan
  • Pull-test manfiy
  • Seboreya belgilari yo‘q

 Norwood–Hamilton klassifikatsiyasi bo‘yicha: III Vertex bosqich

6. Laborator va instrumental diagnostika

 Laborator tekshiruvlar:

 

Tekshiruv

Natija

Norma

Asoslash

Qon umumiy tahlil

Norma

Norma

Anemiyani istisno qilish

TSH

Norma

0.4–4.0 mIU/L

Gipotiroidizmni istisno qilish

Ferritin

85 ng/ml

30–400

Temir tanqisligini istisno

Testosteron

Norma

12–35 nmol/l

Giperandrogenemiyani baholash

DHT

Yuqori chegara

Patogenezni baholash

7. Genetik tekshiruvlar va asoslash

Androgen alopetsiya poligen kasallik hisoblanadi.

Tavsiya etiladigan testlar:

 

Gen

Ahamiyati

Asoslash

AR (Androgen receptor geni)

Androgen retseptor sezuvchanligi

X-xromosomada joylashgan, irsiy omil

SRD5A2

5-alfa-reduktaza faolligi

DHT hosil bo‘lishini baholash

EDA2R

Soch follikulasi regulyatsiyasi

GWAS tadqiqotlarda aniqlangan

 Genetik tekshiruv prognostik ahamiyatga ega va erta profilaktika strategiyasini belgilash uchun tavsiya etiladi.

8.Instrumental diagnostika

 Trixoskopiya belgilari:

  • Anizotrixoz (>20%)
  • Miniaturizatsiya
  • Peripilar sign
  • Soch diametri variabelligi

 Fototrixogramma:

  • Anagen/telogen ratio kamaygan
  • Terminal:vellus nisbati pasaygan

9.Differensial diagnostika

 

Kasallik

Farqlovchi belgi

Trixoskopiya

Laborator

Telogen alopetsiya

Diffuz to‘kilish

Miniaturizatsiya yo‘q

Stress anamnezi

Alopecia areata

O‘choqli to‘kilish

Exclamation hairs

Autoimmun marker

Seborey dermatit

Qichishish, qipiqlanish

Eritema

Tireoidd kasalliklar

Diffuz

TSH o‘zgaradi

10. Diagnostika chek-list

 

Tekshiruv

Bajarildi

Izoh

1

Anamnez yig‘ish

Irsiy omil bor

2

Ob’ektiv ko‘rik

Norwood III

3

Trixoskopiya

Miniaturizatsiya

4

Laborator tekshiruv

Norma

5

Genetik test

Tavsiya etildi

6

Fototrixogramma

Patologik

11. Baholash tizimi (Severity assessment)

Norwood–Hamilton Scale (erkaklarda)

 

Ball

Bosqich

Tavsif

I

Norma

Chegara saqlangan

II

Ilk

Temporal siyraklashish

III

O‘rtacha

Chegara orqaga siljishi

IV–V

Og‘ir

Vertex qo‘shilishi

VI–VII

Juda og‘ir

Katta kallik maydoni

Bemor: III Vertex

 Yakuniy klinik tashxis:

Androgen alopetsiya, erkaklar tipi, Norwood–Hamilton III Vertex bosqich, irsiy predispozitsiya bilan.

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q