Mikrobiologiya

1-holat: Keys-stadi

Vaziyat Mikrobiologik laboratoriyaga 18 yoshli bemordan tomog‘idan olingan surtma yetkazildi. Bemorda o‘tkir anginaga xos klinik belgilar kuzatiladi. Klinik ma’lumotlar- Kasallikning o‘tkir boshlanishi, Tana harorati 39 °C gacha, Bodomcha bezlarning kattalashishi va giperemiyasi, Bodomchalarda nuqtasimon yiringli follikulalar, Regionar limfa tugunlarining kattalashishi.

Keys tahlili uchun savollar

  1. Shubha qilinayotgan qo‘zg‘atuvchini nomlang
  2. Mikrobiologik tekshirish algoritmi keltiring.
  3. Qo’zg’atuvchini antibiotiklargga sezgirligini aniqlash va  baxolash tartibini keltiring.

Javoblar :

  1. S.pyogenes
  2. Tekshirish ketma-ketligi:

  Material olish : Antibiotikoterapiya boshlanishidan oldin  bodomchasimon bezlarining shilliq qavatidan surtma olinad.

  Mikroskopik tekshirish Gram bo‘yicha bo‘yash. Gram-musbat, zanjirsimon joylashgan kokklar aniqlanadi

  Bakteriologik ekish. Qonli agar muhitiga ekiladi. 37 °C da 18–24 soat inkubatsiya qilinadi

  Koloniyalarni baholash. Mayda, yarim shaffof koloniyalar. Aniq ifodalangan β-gemoliz. zonasi

  Biokimyoviy identifikatsiya. Katalaza testi — manfiy, PYR-testi — musbat, Bacitratsinga sezgirlik — musbat

Antibiotiklarga sezgirligini aniqlash: Streptococcus pyogenes disk-diffusion usulda qonli agarda 370C da, 5% CO₂, 18–24 soat.

  Serologik va ekspress diagnostika. A guruhi streptokokk antigeniga ekspress-test, ASL-O titrini dinamikada aniqlash

  Yakuniy identifikatsiya. Streptococcus pyogenes tasdiqlanadi

2-holat: Keys-stadi

Vaziyat Bemor bolada yo‘tal, yuqori nafas yo‘llari katari va tana haroratining subfebril holati kuzatilmoqda. Klinik belgilariga asoslanib ko‘kyo‘tal shubxa qilindi.

Keys tahlili uchun savollar

  1. Shubha qilinayotgan qo‘zg‘atuvchini nomlang
  2. Mikrobiologik tekshirish algoritmini keltiring
  3. Qo‘zg‘atuvchini o‘stirish uchun qo‘llaniladigan muhitlarni ko‘rsating

Javoblar

1. Shubha qilinayotgan qo‘zg‘atuvchi

Bordetella pertussis
(ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi).

2. Mikrobiologik tekshirish ketma-ketligi:

Material olish. Maxsus tampon yordamida, antibiotikoterapiyadan oldin,  Burun-halqum (nazofaringeal) surtmasi olinadi,

Mikroskopik tekshirish. Gram bo‘yicha bo‘yash. Gram-manfiy, mayda kokkobatsillalar aniqlanadi

Bakteriologik ekish. Maxsus oziqlantiruvchi muhitlarga ekiladi. 35–37 °C da, nam muhitda 3–7 kun inkubatsiya qilinadi

Koloniyalarni baholash. Mayda, silliq, yaltiroq (“simob tomchisi”ga o‘xshash) koloniyalar

Biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash. Oksidaza — musbat, Ureaza — manfiy

Serologik va molekulyar diagnostika. IFA (ELISA) usuli bilan antitanachalarni aniqlash. PCR orqali Bordetella pertussis DNKsini aniqlash

Yakuniy identifikatsiya. Bordetella pertussis tasdiqlanadi

3. Ko‘kyo‘talda serologik diagnostikaning ahamiyatini tushuntiring.

 ELISA, antitanachalar dinamikasi oshishi o’rganiladi.

3-holat: Keys-stadi.

Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 yoshli bola quyidagi klinik belgilar bilan olib kelindi: tana haroratining keskin ko‘tarilishi, teri va shilliq qavatlarda gemorragik toshmalar, boshni orqaga tortib yotish (meningeal holat), tananing pastki a’zolarida tortishishlar (sudorogalar)

Keys tahlili uchun savollar

  1. Ushbu holat qaysi kasallikka xos?
  2. Ushbu kasallikni qanday qo‘zg‘atuvchi keltirib chiqaradi?
  3. Mikrobiologik tekshirish algoritmini keltiring.

Javoblar

1. Ushbu holat qaysi kasallikka xos? Ushbu klinik belgilar meningokokk infeksiyasiga xos bo‘lib, ayniqsa: meningokokk meningitis, meningokoksemiya (gemorragik shakl) uchun xarakterlidir.

2. Ushbu kasallikni qanday qo‘zg‘atuvchi keltirib chiqaradi? Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Neisseria meningitidis (meningokokk).

 Xususiyatlari:

  • gram-manfiy
  • buyraksimon diplokokk
  • kapsulali
  • havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi

3. Mikrobiologik tekshirish algoritmi

Tekshirish ketma-ketligi:

Material olish- orqa miya suyuqligi (likvor), qon, nazofaringeal surtma,

Mikroskopik tekshirish-Gram bo‘yicha bo‘yash, gram-manfiy, buyraksimon diplokokklar, ko‘pincha leykotsitlar ichida joylashgan

Bakteriologik tekshirish- qonli agar va shokolad agarga ekish, 37 °C da, 5% CO₂ muhitida inkubatsiya

Koloniyalarni baholash-mayda, yaltiroq, nam koloniyalar, oksidaza — musbat,

Biokimyoviy xususiyatlari- glyukozani fermentatsiya qiladi, maltozani fermentatsiya qiladi, laktozani fermentatsiya qilmaydi

Serologik diagnostika- lateks-agglyutinatsiya usuli bilan kapsula antigenlarini aniqlash

Molekulyar usul- PCR orqali Neisseria meningitidis DNKsini aniqlash

Yakuniy identifikatsiya- Neisseria meningitidis tasdiqlanadi

4-holat: Keys-stadi.

Shifoxonaga og‘ir ahvolda bemor olib kelindi. Quyidagi klinik belgilar mavjud: tana harorati 39–40 °C gacha ko‘tarilgan, nafas olishi qiyinlashgan, ko‘krak qafasi sohasida kuchli og‘riq, balgam qon aralash ajraladi. Anamnezdan ma’lum:  Bemor bir hafta oldin yuqori nafas yo‘llari infektsiyasi — rinit bilan og‘rigan.

Keys tahlili uchun savollar

  1. Anamnez va simptomlarga asoslanib qaysi kasallik gumon qilinadi?
  2. Ushbu holatda ehtimoliy qo‘zg‘atuvchilarni ko‘rsating.
  3. Mikrobiologik tekshirish algoritmini keltiring.

Javoblar

1. Qaysi kasallik gumon qilinadi? Berilgan klinik manzara zotiljam (pnevmoniya) va bronxit bilan asoratlangan holatga xos.

2. Ehtimoliy qo‘zg‘atuvchilar

  • Streptococcus pneumoniae — eng ko‘p uchraydi
  • Staphylococcus aureus
  • Haemophilus influenzae
  • Kam hollarda viruslar (gripp virusi)

3. Mikrobiologik tekshirish ketma-ketligi:

Material olish- Balg‘am,  Qon (bakteriyemiya gumon qilinsa)

Mikroskopik tekshirish- Gram bo‘yicha bo‘yash, Gram-musbat, lancetsimon diplokokklar (S. pneumoniae)

Bakteriologik tekshirish- Qonli agar yoki shokolad agar, 37 °C da, 5% CO₂ muhitida inkubatsiya

Koloniyalarni baholash- α-gemoliz, Koloniya markazi cho‘kkan (“draughtsman”) ko‘rinishi

Biokimyoviy va identifikatsiya testlari- Optohin sezgirligi,  Bile solubility (o‘t qiyvati) — musbat

Qo‘shimcha tekshiruvlar- Rentgenologik tekshiruv (klinika bilan birga), ntibiotiklarga sezgirlikni aniqlash

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q