Dopplerografiya: siydik va tanosil tizimi kasalliklarini tashxislashda

  • Asosiy
  • Muhokamalar
  • Dopplerografiya: siydik va tanosil tizimi kasalliklarini tashxislashda

Mavzu: Siydik ajratish va tanosil tizimi a’zolari kasalliklarini tashxislashda dopplerografiya texnologiyasi imkoniyatlari

O‘quv maqsadi

Shifokor:

  • Siydik ajratish va tanosil tizimi a’zolaridadopplerografiya qo‘llash ko‘rsatmalarini bilishi;
  • RDK va EDK rejimlarini to‘g‘ri sozlay olishi;
  • Qon bilan ta’minlashnish turini baholay olishi;
  • Xavfli va xavfsiz o‘choqlarni Doppler belgilariga ko‘ra farqlay olishi;

1. Klinik vaziyat

Bemor:

  • 28 yoshli erkak
  • Shikoyat: Og‘riq 5 soat oldin moyak sohasida to‘satdan boshlangan
  • Ko‘ngil aynishi mavjud
  • Tana harorati 37.2°C
  • Travma yo‘q

Ob’ektiv:

  • O’ng moyak kattalashgan
  • Palpatsiyada og‘riqli
  • Kremaster refleksi susaygan

Shifokor differensial tashxis qo‘yishi kerak:

  • O‘tkir epididimit
  • Testicular torsion
  • Moyak infarkti

2. Moyaklar dopplerografiyasi texnik ta’minoti

 Transduser:

  • Chiziqli, 7,5–15 MHz
  • Yuqori rezolyutsiyali

 Rejimlar:

  • Color Doppler (CDK)
  • Power Doppler (EDK)
  • Pulsed-wave Doppler (Spektral tahlil)

3. Doppler sozlamalari

Optimal sozlash juda muhim:

  • PRF: past (0.5–1.5 kHz) – past tezlikli oqim uchun
  • Wall filter: minimal
  • Gain: artefaktsiz maksimal
  • Doppler burchagi: ≤ 60°
  • Fokus – o‘choq darajasida

Juda yuqori PRF – past oqimni aniqlamaydi
Juda yuqori gain – shovqin beradi

4. Tekshiruv metodikasi

Avval B-mode baholash

  • Zararlanish xususiyati: o’choqli yoki diffuz
  • Kontur
  • Akustik effekt

 So‘ng Doppler qo‘llanadi

  • Qon oqimi mavjudligi
  • Markaziy tomirlar
  • Xaotik tomirlanish

5. Vaskulyarizatsiya turlari

  • Periferik qon oqimi
  • Kam tomirlar
  • Simmetrik joylashuv
  • Past rezistentlik

6. Spektral Doppler ko‘rsatkichlari

Baholanadi:

  • RI (Resistive Index)
  • PI (Pulsatility Index)
  • PSV (Peak Systolic Velocity)

Havfli  belgilar:

  • RI yuqori
  • Diastolik oqim pasaygan
  • Noaniq spektral shakl

7. Klinik vaziyat tahlili

B-mode:

  • O’ng moyak hajmi kattalashgan
  • Parenxima gipoexogen

Doppler:

  • O’ng moyakda qon oqimi aniqlanmadi
  • Chap moyakda normal perfuziya
  • Spektral Dopplerda arterial signal yo‘q

 

 

Taxminiy tashxis

  • O’ng moyakda arterial perfuziya yo‘qligi
  • O‘tkir torsiyaga xos belgi

Tavsiya:

  • Jarroh konsultatsiyasi

Muhokama savollari

1. Nima uchun Doppler "gold standard" hisoblanadi?

2. Qanday holatda qisman qon oqimi saqlanishi mumkin?

3. Qanday artefakt noto‘g‘ri manfiy natija berishi mumkin?

4. 6 soatdan keyingi prognoz qanday?

Xulosa

* O‘tkir skrotal og‘riqda Doppler majburiy

* Qon oqim yo‘qligi – shoshilinch jarrohlik ko‘rsatkichi

* Epididimitda aksincha giperemiya kuzatiladi

* Simmetrik solishtirish muhim

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q