Sut bezida o‘choqli o‘zgarishlarni aniqlash

KEYS

Mavzu: Sut bezida o‘choqli o‘zgarishlarni aniqlash. Hajmli hosilalarni exografik mezonlar asosida baholash

O‘quv maqsadi

Shifokor:

  • Sut bezidagi o‘choqli hosilani aniqlay olishi
  • Hajmli hosilalarni B-mode exografik mezonlar asosida baholashi
  • Benign va malign belgilarni farqlashi
  • BI-RADS klassifikatsiyasi asosida xulosa berishi
  • Biopsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlashi

1. Klinik vaziyat

Bemor:

  • 44 yoshli ayol
  • Chap sut bezida palpatsiyada tugun
  • 2 oy davomida hajmi oshgan
  • Og‘riqsiz

Anamnez:

  • Onkologik anamnez manfiy
  • Mammografiya: zich bez to‘qimasi (C tipi)

2. B-mode ultratovush natijasi

Chap yuqori tashqi kvadrantda:

  • 6,9х5,1х5,5 мм mmli hosila
  • Gipoechogen
  • Noto‘g‘ri shakl
  • Konturi noaniq
  • Vertikal orientatsiya (taller-than-wide)
  • Akustik soya
  • Peritumoral to‘qima zichlashgan

3. Hajmli hosilalarni exografik baholash mezonlari

Baholash quyidagi asosiy parametrlar asosida olib boriladi:

Shakli

  • Oval → ko‘proq havfsiz
  • Yumaloq → havfsiz ehtimol
  • Noto‘g‘ri → havfli ehtimoli yuqori

Konturi

  • Aniq, silliq → havfsiz
  •  Lobulyar → ehtiyotkorlik talab qiladi
  • Spikulyar / noaniq → havfli belgisi

Orientation (yo‘nalish)

  • Parallel (teri bilan parallel) → havfsiz
  • Non-parallel (vertikal) → havfli

Echostruktura

  • Bir xil (homogen) → ko‘proq havfsiz
  • Geterogen → havfli ehtimoli

Orqa akustik effekt

  • Kuchayish → kista / fibroadenoma
  • O‘zgarmagan → neytral
  • Soya → infiltrativ o‘sish

Qo‘shimcha belgilar

  • Halo
  • Mikrokalsifikatlar
  • Teri tortilishi
  • Dukt infiltratsiyasi
  • Atrof to‘qimada arxitektura buzilishi

4. Havfsiz  va havfli mezonlar

 

Belgilar

Havfsiz

Havfli

Shakl

Oval

Noto‘g‘ri

Kontur

Aniq

Spikulyar

Orientation

Parallel

Vertikal

Echogenlik

Homogen

Geterogen

Akustik effekt

Kuchayish

Soya

Atrof to‘qima

O‘zgarmagan

Infiltratsiya

5. Klinik vaziyat tahlili

Mavjud belgilar:

  • Noto‘g‘ri shakl
  • Noaniq kontur
  • Vertikal orientatsiya
  • Akustik soya
  • Arxitektura buzilishi

 Havfli  jarayon ehtimoli yuqori

BI-RADS bahosi

BI-RADS 4В

Taktika:

  • Shoshilinch core-biopsiya
  • Onkolog konsultatsiyasi
  • Histologik verifikatsiya

Differensial tashxis

  • Infiltrativ duktal saraton
  • Sklerozlovchi adenoz
  • Radial skar
  • Kompleks fibroadenoma

Biopsiyaga ko‘rsatmalar

  • BI-RADS 4–5
  • Noaniq kontur
  • Vertikal o‘sish
  • Spikulyar chekka
  • Dinamik kuzatuvda o‘sish

Muhokama savollari

  1. Qaysi exografik belgi havfli uchun eng muhim?
  2. Akustik soya har doim saraton belgisimi?
  3. Qaysi holatda BI-RADS 3 qo‘yiladi?
  4. Mammografiya va UT birgalikda qachon majburiy?

Xulosa

✔ O‘choqli hosilalar 6 asosiy mezon bo‘yicha baholanadi
✔ Vertikal orientatsiya va spikulyar kontur — havfli belgi
✔ BI-RADS standartlashtirilgan baholash tizimi
✔ Yakuniy tashxis — gistologik tekshiruv asosida

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo‘q