Keys- study №1
Bemor 30, shikoyati yurak soxasidagi og‘riqqa, xansirashga, xolsizlikka, oyoqlaridagi shishga. Bemor o‘zini 1 oydan buyon kasal deb xisoblaydi, sezilarli darajadagi sovuq qotishdan so’ng tana xarorati 39 S ga ko’tarilgan, shundan so’ng subfebril temperatura 2-3 kun saqlanib turgan. 10 kun oldin yuqorida keltirilgan shikoyatlar paydo bo‘lgan. Bolaligida bronxoadenit bilan og‘rigan. Ob’ektiv ko‘rikda: akrotsianoz, o’pkani pastki soxalarida quruq xirillashlar eshitiladi. NOS-20ta 1 daq. Chuqqi turtkisi paypaslanmaydi. Yurakni absolyut va nisbiy chegaralari me’yorda. Yurak tonlari juda bo‘g‘ik, tezlashgan, puls – daqiqsiga 112ta. Qorin o‘ng qovurg‘a osti soxasi og‘riqli, jigar 3-4 sm ga qovurg’a yoyidan chiqib turadi. Tizza va oyoq panjalar shishgan. Qon analizi: ley-109x10. EChT-34 mm/s. Ko’krak qafasi rentgenoskopiyasi: o’pka o’zgarishsiz, yurak hamma tomonga kengaygan, o’lchamlari katta. Yurak yoylari silliqlashgan, pulsatsiya aniqlanmaydi, tomir tutami qisqargan. EKG: ko’krak qafasi ulanmalarida ST segment ko’tarilgan.
Vazifa:
1.Klinik tashxis qo’ying.
2. Qanday qo‘shimcha tekshiruvlarni bajarish kerak
3. Davolash taktikasini aniqlash.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo‘q