1-holat: Paranoid shizofreniya
Vaziyat: 28 yoshli erkak politsiya tomonidan olib kelingan. So‘nggi 3 oy ichida qo‘shnilar uni rozetkalar orqali "psixotron qurol" bilan nurlantirib, fikrini o‘g‘irlayotganini da’vo qilmoqda. Ishga bormay qo‘ydim, derazalarni mixlab tashladim deydi. Yopiq, shubhali bo‘lib qolgan, o‘zi bilan o‘zi gaplashygan.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Asosiy psixopatologik sindrom nima?
Dastlabki tashxis?
Davolash taktikasi qanday?
Yechim:
Sindrom: Vasvasa (paranoid) sindromi (ta’sir, ta’qib vasvasasi).
Tashxis: paranoid shizofreniya (F20.0).
Davolash:Neyroleptiklar (antipsixotiklar) - galoperidol yoki atipik (risperidon, olanzapin).
Ushbu keys shizofreniyani tashxislash va davolash usullarini tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
2-holat: Depressiya epizodi
Vaziyat: 45 yoshli ayol doimiy kayfiyatning pasayishi, ishtahaning yo‘qligi, uyqusizlik (ertalab soat 3-4 da uyg‘onadi) va hayotga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolganligidan shikoyat qilib murojaat qildi. Alomatlar turmush o’rtogi bilan ajrashgandan keyin 2 oydan beri davom etadi. U "hech narsaga arzimaydigan va kelajagi umidsiz" deb da’vo qiladi.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Qanday psixopatologik sindrom?
Dastlabki tashxis?
Davolash taktikasi qanday?
Yechim:
Sindrom: Depressiv sindrom (depressiv epizod doirasida).
Tashxis: Qaytalanuvchi depressiv buzilish yoki o‘rtacha og‘irlikdagi depressiv epizod.
Davolash: Antidepressantlar (SIOZS - sertralin, essitalopram) + psixoterapiya.
Ushbu keys affektiv buzilishlarni tashxislash va davolash usullarini tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
3-holat: Alkogolli deliriy (oq alaxlash)
Vaziyat: 50 yoshli erkak, spirtli ichimliklarni ichishni to‘xtatganining 3-kunida (2 hafta davom etgan) hayajonlangan, joy va vaqtni aniqlay olmay qolgan, xonada o‘rgimchaklar va shaytonlarni ko‘rayotganini da’vo qilib, ularni o‘zidan "qoqib tashlashga" harakat qilmoqda.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Qanday sindrom?
Holatni baholash?
Davolash taktikasi qanday?
Yechim:
Sindrom: Delirioz sindrom (oq isitma).
Baholash: Hayotga xavf soluvchi o‘tkir holat shoshilinch yordamni talab qiladi.
Davolash: Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish, qo‘zg‘alishni bartaraf etish uchun benzodiazepinlar (diazepam), dezintoksikatsiya.
Ushbu keys ong buzilishlarini tashxislash va davolash usullarini tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
4-holat: qon tomir demensiyasi
Vaziyat: Ayol, 75 yoshda, qarindoshlari so‘nggi 2 yil ichida xotirasining tobora yomonlashib borayotganini ta’kidlashmoqda. Yoqilgan plitani unutadi, nevaralarini tanimaydi, ko‘chada adashib qoladi. Anamnezida gipertoniya kasalligi.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Qaysi buzilishlar sinfiga kiradi?
Dastlabki tashxis?
Davolash taktikasi qanday?
Yechim:
Sindrom: Organik demesiya sindromi.
Tashxis: miyaning qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq demensiya.
Davolash: xolinesteraza ingibitorlari (donepezil), memantin, bosimni korreksiyalash.
Ushbu keys xotira va intellekt buzilishlarini tashxislash, davolash usullarini tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
5-holat: Shizofrenik spektr buzilishi
Vaziyat: Bemor A., 28 yosh. "Ovozlar," kuzatuv, uyqusizlik, hayotdan qo‘rqish shikoyatlari. Irsiyat og‘irlashmagan. Ishdan bo‘shatilganidan 2 hafta oldin o‘tkir kasallikka chalingan. Shubhali bo‘lib qoldi, uydan chiqmay qo‘ydi. Bemor hayajonlangan, iflos. Ta’qib vasvasa g‘oyalari (qo‘shnilar o‘ldirishni xohlashadi) va imperativ eshitish gallyutsinatsiyalari aniqlanadi. Affekt noadekvat, qo‘rquv. Bemorning qo‘zg‘alishi pasaygani sayin, patopsixologik tekshiruvlar orqali bemorda paralogiklik, rezonatorlik, jimjimadorlik, mentizm hodisalari bilan tafakkurning yaqqol buzilishlari, shuningdek, shaxsning chuqur o‘zgarishlari mavjudligi aniqlandi.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Qanday sindrom?
Holatni baholash?
Davolash taktikasi qanday?
Yechim:
Sindrom: paranoyal sindrom
Diagnostik qidiruv: O‘tkir shizofrenoform reaksiya va paranoid shizofreniya o‘rtasidagi qiyosiy tashxis.
Baholash: Hayot uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir holat shoshilinch yordamni talab qiladi.
Davolash: Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish. Farmakoterapiya: Antipsixotiklar (masalan, risperidon 4 mg/sut) + benzodiazepinlar (birinchi kunlarda xavotirni yo‘qotish uchun) tayinlash.
Ruhiy-ijtimoiy yordam: Oila bilan ishlash, stress omillarini kamaytirish.
Ushbu keys shifokorlar uchun murakkab, kam uchraydigan yoki odatiy holatlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
6-holat: Shizofreniyaning uzluksiz turi, negativ belgilar ustunligi bilan
Vaziyat: Erkak, 29 yosh. Kasallik 19 yoshdan boshlab asta-sekin rivojlanadi. Birinchisi - odamovilik, qiziqishlarning yo‘qolishi, o‘zlashtirishning pasayishi. Psixotik "yorqin" epizodlar bo‘lmagan. Oxirgi 5-yilda - yaqqol apatiya, tashabbusni yo‘qotish, hissiy sovuqqonlik, nutqning kambag‘alligi. Ota-onasining fikricha, "u shunchaki dangasa." Bemor ko‘p vaqt yotadi, ishlamaydi, muloqot qilmaydi. Vasvasa g‘oyalarini faol ravishda bildirmaydi, lekin "odamlar juda yuzaki va voqelikning chuqur tuzilmalarini tushunmaydilar" deydi.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Yetakchi sindrom qaysi?
Bu depressiya hisoblanadimi?
Kasallikning kechishini qanday baholash mumkin?
Davolash taktikasi?
Yechim:
Sindrom: assotsiativ jarayonning buzilishi bilan apato-abulik.
Baholash: ehtimol - salbiy alomatlar ustunligi bilan uzluksiz kechadigan shizofreniya. Depressiyadan sog‘inch, aybdorlik hissi va suitsidal kechinmalarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Kechishi: asta-sekin progrediyent nuqson shakllanishi bilan.
Davolash: Atipik antipsixotik (kariprazin / amisulprid), uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlovchi terapiya.Ruhiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Ushbu keys negativ simptomatika va depressiyani farqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
7-holat: xurujsimon progrediyent shizofreniya
Vaziyat: Ayol, 27 yosh. 22 yoshida psixozning birinchi epizodi ta’qib vasvasasi, eshitish soxta gallyutsinatsiyalari bilan o’tkazgan. Davolashdan so‘ng, ahvol normallashdi, lekin hissiyotlari susaygan. 3 yildan so‘ng - ikkinchi xuruj, og‘irroq, katatonik alomatlar bilan. Xuruj bartaraf etilganidan so‘ng - tashabbuskorlik va ijtimoiy faollikning sezilarli darajada pasayishi kuzatilgan.
Keysni tahlil qilish uchun savollar:
Kechish turi?
Nuqsonning o‘sishi bormi?
Takroriy xurujlarda qanday taktika?
Yechim:
Sindrom: gallyutsinator-paranoid, katatonik qo‘shimchalar bilan.
Tashxis: Xurujsimon progrediyent kechuvchi shizofreniya.
Baholash: har bir xurujdan so‘ng - salbiy o‘zgarishlarning kuchayishi.
Davolash: Uzoq muddat qabul qilinadigan antipsixotik. Klozapinni rezistentlikda ko‘rib chiqish.Retsidivlar profilaktikasi
Ushbu keys nuqson dinamikasi haqida tushuncha hosil qiladi.
7-holat: Interiktal psixoz bilan epilepsiya
Vaziyat: erkak, 41 yosh. 17 yoshidan beri epilepsiya bilan og‘riydi. So‘nggi oylarda shubhali bo‘lib qoldi, "Xudo belgi beryapti," deydi. Fikrlash yopishqoq, batafsil. Ko‘rik paytida xurujlar yo‘q.
Savollar:
Bu shizofreniyami yoki organik psixozmi?
Qanday sindrom?
Davolash?
Yechim:
Sindrom: interektal paranoid psixoz.
Tashxis: psixotik buzilishlar bilan kechuvchi peshona-tepa epilepsiyasi.
Baholash: Antikonvulsant terapiyani korrektsiya qilish. Antipsixotiklarning kichik dozalari. EEG nazorati
Endogen va organik psixozlarni farqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Keys 8: Psixotik simptomlar bilan qon tomir demensiyasi
Vaziyat: Ayol, 74 yosh. 2 marta insult o‘tkazgan. Xotirasi pasayganidan shikoyat qiladi. Qo‘shnilar uning narsalarini o‘g‘irlashini da’vo qilmoqda. Yig‘loqilik davrlari jahldorlik bilan almashinadi.
Savollar:
Qanday sindrom?
Bu kechki shizofreniyami?
Davolash?
Yechim:
Sindrom: zarar etkazish vasvasasi bilan lakunar demensiya.
Tashxis: qon tomir demensiyasi
Davolash: Qon tomir terapiyasi, antipsixotiklarning kichik dozalari, qon bosimini nazorat qilish
Endogen va organik psixozlarni farqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
9-holat: Peshona bo‘lagi o‘smasi
Vaziyat: Erkak, 53 yosh. Qo‘pol, jaxldor bo‘lib qoldi, noadekvat xatti-harakatlar sodir etmoqda. Qarindoshlari "maniya"ni gumon qilishmoqda. Shikoyat qilmaydi. MRT: peshona bo‘lagining hajmli hosilasi.
Savollar:
Psixiatrik jarayonmi yoki organik?
Qanday sindrom?
Taktika?
Yechim:
Sindrom: peshona psixoorganik sindromi.
Baholash: o‘sma tufayli kelib chiqadigan organik buzilish.
Davolash: neyroxirurgik konsultatsiya, simptomatik terapiya.
10-holat: Reaktiv psixoz
Vaziyat: Erkak, 46 yosh. Xotinining o‘limidan so‘ng o‘zini ayblash g‘oyalari rivojlangan, kechasi uning ovozini eshitadi, "jazosini olishi kerak" deb hisoblaydi.
Savollar:
Bu endogen depressiyami?
Sindrom?
Taktika?
Yechim:
Sindrom: affektiv-vasvasali.
Tashxis: psixotik simptomlar bilan o‘tkir stress reaksiyasi.
Davolash: Kasalxonaga yotqizish. Antipsixotiklar + antidepressantlar. Psixoterapiya
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo‘q