TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
IJTIMOIY TIBBIYOT KAFEDRASI
Keys-stadi
Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalligi natijasida NbSh hayot faoliyati cheklanishlari, funksionalligini aniqlash va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza o‘tkazish.
Auditoriya: Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari shifokorlari.
Davomiyligi: 2 soat.
Tuzuvchi: Ijtimoiy tibbiyot kafedrasi dotsenti, t.f.n. – J.Yu. Najmitdinov
• 1. Mashg‘ulot maqsadi.
• Nogironlikka olib tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari va kasalliklari natijasidagi nogironlik ko‘rsatkichlari, nogironlikka olib keluvchi shikastlanishlar va kasalliklar asoratlari bilan kursantlarni tanishtirish.
• Nogironlikka olib tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari va kasalliklari natijasida NbSh hayot faoliyati cheklanishlari va funksionalligini aniqlash.
• Nogironlikka olib tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari va kasalliklari natijasida NbSh tibbiy-ijtimoiy ekspertiza o‘tkazish.
• Nogironlikka olib tayanch-harakat tizimi shikastlanishlari va kasalliklari natijasida NbSh tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya chora-tadbirlari bilan tanishtirish.
• 1. Koksartroz kasalligida hayot faoliyati cheklanishini aniqlash mezonlari va nogironlik guruhini belgilash.
• Organizm funksiyalari buzilish darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 1-darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 2-darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 3-darajasi: klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 4-darajasi: klinik-funksional tasnifi.
2. Tizza bo‘g‘imlarining degenerativ-distrofik shikastlanishida hayot faoliyatining cheklanishini belgilash
• Organizm funksiyalari buzilish darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 1-darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 2-darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 3-darajasining klinik-funksional tasnifi.
• Organizm funksiyalari buzilishining 4-darajasining klinik-funksional tasnifi.
3. Koksartroz kasalligida hayot faoliyati cheklanishini aniqlash mezonlari va nogironlik guruhini belgilash.
Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik shikastlanishi — bu bo‘g‘imning tezlashgan, lokal, tarqalgan yoki umumlashgan zararlanishi, vaqtidan oldin eskirishi bo‘lib, u berilgan jismoniy zo‘riqishning bo‘g‘im funksional imkoniyatlariga nomutanosibligidan kelib chiqadi.
3.1. Klinik-funksional holatning 1-darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imda og‘riqlar, uzoq vaqtli tinch holatdan harakatga o‘tganda kuchayadi.
Obyektiv nuqtai nazardan: chanoq-son bo‘g‘imining tashqi tomonga mustaqil harakat qilishida biroz cheklanishi.
Jarayon yiliga bir marotaba o‘tkir bosqichga o‘tadi.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘ining» biroz torayishi, quymich kosasi chuqurining yengil sklerozi belgilari aniqlanadi.
HFCh yo‘q.
Davolanish VMK bo‘yicha olib boriladi.
Nogironlik guruhi belgilanmaydi.
3.2. Klinik-funksional holatning 2-darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imda tungi og‘riqlar, uzoq vaqtli tinch holatdan harakatga o‘tganda kuchayadi.
Obyektiv nuqtai nazardan: bo‘g‘im zo‘riqish vaqtida, bukib-yozilganda og‘riqlar bo‘lishi, chanoq-son bo‘g‘imi tashqi tomonga mustaqil harakat qilishda qisman cheklanish mavjudligi.
Jarayon yiliga ikki marotaba o‘tkir bosqichga o‘tib, ikki hafta davom etadi.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘i» biroz torayishi, quymich kosasi chuqurining yengil sklerozi aniqlanadi (bir taraflama shikastlanishda).
Bir tomonlama chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan keyin bir yil kuzatuvdan so‘ng.
Ikki tomonlama chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan keyin ikki yil kuzatuvdan so‘ng.
HFCh – mustaqil harakat qilish — I daraja;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish — I daraja.
Nogironlik guruhi — 3.
3.3. Klinik-funksional holatning 3–4 darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imda tungi og‘riqlar, uzoq vaqtli tinch holatdan harakatga o‘tganda kuchayadi.
Obyektiv nuqtai nazardan: bo‘g‘im bukilishi va zo‘riqish vaqtida og‘riq, chanoq-son bo‘g‘imi tashqi tomonga mustaqil harakat qilishda ifodalangan cheklanish mavjudligi, mushaklar giprotrofiyasi kuzatiladi.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘ining» keskin torayganligi kuzatiladi.
Quymich kosasi chuqurining keskin sklerozi aniqlanadi.
Son suyagi boshining aseptik osteonekrozi va kistoz o‘zgarishlari aniqlanadi.
O‘ziga o‘zi xizmat qilishda qisman yordam talab qilinadi, yordamchi texnik vositalar yordamida mustaqil harakat qilish mumkin.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘i» ko‘rinmaydi.
Quymich kosasi chuqurchasi suyak to‘qimasi bilan to‘lgan, atrofida osteofitlar o‘sgan.
Son suyagi boshchasi deformatsiyalashgan, yassilashgan, tashqariga va yonga siljigan, aseptik osteonekrozi belgilari aniqlanadi.
Yiliga 3 marotaba bir oygacha davom etuvchi qaytalanish kuzatiladi.
HFCh – o‘ziga o‘zi xizmat qilish — II daraja;
mustaqil harakat qilish — II daraja;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish — II daraja.
Nogironlik guruhi — 2.
4. Gonartroz kasalligida hayot faoliyati cheklanishini aniqlash mezonlari va nogironlik guruhini belgilash.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imda og‘riqlar tinch holatda ham, jismoniy harakatda ham namoyon bo‘ladi.
Rentgenogrammada tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im yuzalarining mo‘tadil sklerozi aniqlanadi.
4.1. Klinik-funksional holatning 1-darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imdagi doimiy og‘riqlar, bo‘g‘im harakatida va jismoniy zo‘riqishda kuchayadi.
Klinik jihatdan bo‘g‘imning asosan bir tomonlama shikastlanishi aniqlanadi.
Obyektiv nuqtai nazardan: tizza bo‘g‘imidagi harakatlar keskin cheklangan, og‘riqli.
Tizza bo‘g‘imi shaklan o‘zgargan, hajm jihatidan kattalashgan, valgus yoki varusli deformatsiyasi aniqlanadi.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘ining» torayganligi, bo‘g‘im yuzalari sklerozi, osteofitlar o‘sganligi, katta boldir suyagi boshining pasayishi, tizza qopqog‘i pasayishi kuzatiladi.
Bir tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan so‘ng bir yil kuzatuvdan keyin.
Ikki tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan so‘ng ikki yil kuzatuvdan keyin.
HFCh yo‘q.
Davolanish VMK bo‘yicha olib boriladi.
Nogironlik guruhi belgilanmaydi.
4.2. Klinik-funksional holatning 2-darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: shikastlangan bo‘g‘imdagi doimiy og‘riqlar, bo‘g‘im harakatida va jismoniy zo‘riqishda kuchayadi.
Klinik jihatdan bo‘g‘imning asosan bir tomonlama shikastlanishi aniqlanadi.
Obyektiv nuqtai nazardan: tizza bo‘g‘imidagi harakatlar keskin cheklangan, og‘riqli.
Tizza bo‘g‘imi shaklan o‘zgargan, hajm jihatidan kattalashgan, valgus yoki varusli deformatsiyasi aniqlanadi.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘ining» torayganligi, bo‘g‘im yuzalari sklerozi, osteofitlar o‘sganligi, katta boldir suyagi boshining pasayishi, tizza qopqog‘i pasayishi kuzatiladi.
Bir tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan so‘ng bir yil kuzatuvdan keyin.
Ikki tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan so‘ng ikki yil kuzatuvdan keyin.
HFCh – mustaqil harakat qilish — I daraja;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish — I daraja.
Nogironlik guruhi — 3.
4.3. Klinik-funksional holatning 3-darajasi.
Subyektiv nuqtai nazardan: ikkala tizza bo‘g‘imida doimiy kuchli og‘riq, tinch holatda ham, jismoniy harakatda ham namoyon bo‘ladi.
Obyektiv nuqtai nazardan: ikkala tizza bo‘g‘imida harakat keskin cheklangan.
Yumshoq to‘qimalar ifodalangan ravishda giprotrofiyaga uchragan.
Rentgenogrammada «rentgen bo‘g‘im yorig‘ining» keskin torayganligi, osteofitlar o‘sganligi kuzatiladi.
Bir tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan keyin bir yil davomida moslashuv davri.
Ikki tomonlama tizza bo‘g‘imini total endoprotezlash amaliyotidan keyin ikki yil davomida moslashuv davri.
HFCh – o‘ziga o‘zi xizmat qilish — II daraja;
mustaqil harakat qilish — II daraja;
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish — II daraja.
Nogironlik guruhi — 2.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh hayot faoliyati cheklanishlari va funksionalligini aniqlash.
• NbSh ijtimoiy faolligini va mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash.
• Oilaviy poliklinika va TIEK shifokorlari tomonidan NbSh tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya marshruti va uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish.
2. Material-texnika jihozlari:
• NbSh tibbiy hujjatlaridan ko‘chirmalar.
• Klinik-biokimyoviy tahlillar natijalari.
• Rentgenografiya, MRT, KT, MRT va UTT tekshiruvlari natijalari.
• Funksional va instrumental laboratoriya tekshiruvlari natijalari.
• NbSh RYATD tuzish yoki unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
3. Mashg‘ulot tuzilishi:
• Shifokor-kursantlarni NbSh TIE va TIR borasida davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish.
• Nogironlikka olib keluvchi umurtqa pog‘onasi tanalari shikastlanishidan kelib chiqadigan asoratlarda HFCh aniqlash.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh hayot faoliyati cheklanishlari va funksionalligini aniqlash usullari bilan tanishtirish.
o Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh nogironlik profilaktikasi va inson salomatligi tushunchasi bilan tanishtirish.
o Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh TIR chora-tadbirlarini o‘tkazish marshruti.
o Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh TIR chora-tadbirlarini baholash.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh hayot faoliyati cheklanishlari va funksionalligini aniqlash hamda ularning asoratlari bo‘lgan bemorlarga TIE o‘tkazish bilan tanishtirish.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh TIR o‘tkazish algoritmini tuzish.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh RYATD tuzish.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh tuzilgan RYATDni baholash.
• Kursantlarni 2–3 kishidan guruhlarga bo‘lish.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh funksional faolligi va HFChni aniqlash.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh klinik-laborator va funksional tekshiruvlar natijalarini baholash.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh RYATD tuzish.
o Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh kasbiy reabilitatsiya o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berish.
o Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh belgilangan nogironlik sababi va muddatini aniqlash.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh TIE amaliyotini muhokama qilish.
• Nogironlikka olib keluvchi koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash va baholash.
• Mashg‘ulot davomida muhokama qilingan bemor va NbSh, TIE va TIR jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish.
• Savol-javoblar, xulosa.
4. Nazorat va baholash:
• NbSh hayot faoliyati cheklanganini to‘g‘ri aniqlanganini baholash.
• NbSh o‘tkazilgan TIE xulosasining asosliligini baholash.
• Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturini baholash.
№
Beriladigan vazifalar
Ijro (xulosa va javoblar)
1
Koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh umurtqa pog‘onasi shikastlanishi natijasida NbSh tibbiy va ijtimoiy tekshiruvlardan o‘tkazish.
Bemor va NbShning tibbiy hujjatlarini o‘rganib, tegishli xulosalar tayyorlash.
2
Koksartroz va gonartroz kasalliklari asoratlaridan NbSh klinik-laborator va funksional tekshiruv natijalarini o‘rganib, tegishli xulosalar tayyorlash.
Bemor NbSh biologik suyuqliklar tahlili, KT, MRT, SKMT, UTT, endoskopik va zarur funksional hamda instrumental tekshiruvlar natijalarini o‘rganish.
3
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh hayot faoliyati yoki funksional cheklovlari va ularning darajalarini aniqlash.
Bemor va NbSh hayot faoliyati cheklanganligi va funksionalligini Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 742-son Qarori bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik Nizom” asosida baholash.
4
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh mehnat qilishga bo‘lgan xohishi va layoqatini aniqlash va baholash.
NbShning mehnat qilishga bo‘lgan xohishi va layoqatini aniqlash va baholash orqali ularga ratsional ishga joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
5
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturini tayyorlash.
Tiklash terapiyasi, rekonstruktiv-jarrohlik operatsiyalari, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya va ijtimoiy muhit orientatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
6
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh reabilitatsiya dasturini tayyorlash va tibbiy reabilitatsiya tavsiyalari berish.
Tibbiy reabilitatsiyaning konservativ tiklash terapiyasi, gimnastika mashqlari, psixoterapiya, uqalash, fizioterapiya, sanator-kurort sharoitlarida davolanish va jarrohlik-rekonstruktiv operatsiyalarni o‘tkazish.
7
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh ijtimoiy reabilitatsiya chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Bemor va NbShga ijtimoiy-maishiy adaptatsiya va ijtimoiy-muhit orientatsiyasi bo‘yicha HFChni bartaraf qilish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash.
8
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbShga HFCh darajasi asosida cheklov muddatlarini belgilash va ular ustidan nazorat o‘rnatish.
Bemorlar va NbSh nogironlik guruhi belgilangan muddatlariga qarab 6 oy, 1 yil va 2 yilga cheklovlar belgilash.
9
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha tuzilgan RYATD ijrosini baholab borish va tavsiyalar tayyorlash.
Bemor va NbSh tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha tuzilgan RYATD ijrosini nogironlik belgilangan muddatlarda baholab borish va tavsiyalar tayyorlash.
10
Koksartroz va gonartroz kasalliklari natijasida NbSh TIR ijrosi bo‘yicha yakuniy xulosa va tavsiyalar tayyorlash.
Bemor va NbShlarga RYATD ijrosi bo‘yicha yakuniy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqib, ularning reabilitatsiya samaradorligini baholash, TIR istiqbolini aniqlash va tegishli chora-tadbirlar algoritmini ishlab chiqish.
№
Savollar
Javoblar varianti
To‘g‘ri javob
1
Koksartroz kasalligining 1-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; D) 1-guruh.
A) VMK bo‘yicha cheklov.
2
Koksartroz kasalligining 2-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; D) 1-guruh.
B) 3-guruh nogironligi belgilanadi.
3
Koksartroz kasalligining 3-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; G) 1-guruh.
V) 2-guruh nogironligi.
4
Koksartroz kasalligining 4-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; D) 1-guruh.
D) 1-guruh nogironligi.
5
Gonartroz kasalligining 1-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; D) 1-guruh.
A) VMK bo‘yicha cheklov.
6
Gonartroz kasalligining 2-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 3-guruh nogironligi; V) 2-guruh nogironligi; D) 1-guruh.
B) 3-guruh nogironligi, 1 yilga belgilanadi.
7
Gonartroz kasalligining 3-darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 1-guruh; C) 2-guruh; D) 3-guruh.
C) 2-guruh nogironligi, 6 oyga belgilanadi.
8
Gonartroz kasalligining 3–4 darajasida HFCh va nogironlik guruhini ayting?
A) VMK bo‘yicha cheklash; B) 1-guruh; C) 2-guruh; D) 3-guruh.
B) 1-guruh nogironligi belgilanadi.
9
—
—
—
10
—
—
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo‘q